AQSh harbiylari Yamandagi "Ansor Alloh" harakati nazorati ostidagi Xodeyda viloyati hududiga zarbalar berdi.
Bu haqda husiylarga tegishli Al Masirah telekanali ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum viloyat markazidan unchalik uzoq bo‘lmagan, Qizil dengiz sohilida joylashgan Al-Marj hududida sodir etilgan.
Al Hadath telekanaliga ko‘ra, AQSh hutiylarning pozisiyalarini nishonga olgan.