Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh «Alligator Alkatras» markazini yopmoqchi

AQSh «Alligator Alkatras» markazini yopmoqchi

AQSh prezidenti ma’muriyati noqonuniy migrantlarni saqlashga mo‘ljallangan «Alligator Alkatras» markazini yopish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Florida shtati gubernatori Ron Desantis ma’lum qildi, uning so‘zlaridan Miami Herald iqtibos keltirmoqda.

«Ushbu ob’ektni yopsak, juda yaxshi bo‘lardi. Yopish masalasi hozirda muhokama qilinmoqda», — dedi u jurnalistlar bilan suhbatda.

Miami Herald nashriga ko‘ra, Florida ma’muriyati va AQSh federal hukumatining ushbu saqlash markazidan voz kechishga tayyorligi ularning pozisiyasi keskin o‘zgarganidan dalolat beradi. Bungacha rasmiylar uni noqonuniy migrantlarga qarshi kurashda namunali maskan sifatida ko‘rsatib kelayotgan edi. Florida shtati markazni yopishga e’tiroz bildirgan, biroq yakunda rozi bo‘lgan.

The New York Times gazetasining yozishicha, markaz faoliyatini ushlab turish juda qimmatga tushmoqda va u samarasiz deb hisoblanmoqda. Florida ma’muriyati markazning kundalik faoliyati uchun 1 million dollardan ortiq mablag‘ sarflaydi.

«Alligator Alkatras» atrofidagi hududlar ko‘plab alligatorlar, timsohlar va zaharli ilonlar yashaydigan botqoqliklardan iborat bo‘lib, markaz 2025 yilning yozida ochilgan edi.

Kiritildi: Bugun 16:30. O'qildi: 276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!