Bugun 23 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

AQSh Al-Jo‘loniy haqidagi ma’lumot uchun mukofotni bekor qildi

AQSh Al-Jo‘loniy haqidagi ma’lumot uchun mukofotni bekor qildi

AQSh Davlat departamenti vakillari Damashqda “Hay’at tahrir ash-Shom” (HTS) yetakchisi Abu Muhammad Al-Jo‘loniy bilan uchrashdi. Davlat kotibining Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha yordamchisi Barbara Leaf aytishicha, muzokara chog‘ida Jo‘loniyning qayerdaligi haqidagi ma’lumot uchun va’da qilingan 10 million dollar mukofot bekor qilingan.

Ta’kidlanishicha, uchrashuv ijobiy muhitda o‘tib, Suriyadagi siyosiy o‘tish tamoyillari, shuningdek mintaqada terror tahdidi kuchayishining oldini olish choralari muhokama qilingan. Leaf qo‘shimcha qilishicha, Al-Jo‘loniy ilgari surilgan shartlarni bajarishga tayyorligini bildirgan.

Kiritildi: 14:00 22.12.2024. O'qildi: 846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!