Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

AQSh Afg‘oniston uchun Fulbrayt dasturini qaytadan boshlashi mumkin

AQSh Afg‘oniston uchun Fulbrayt dasturini qaytadan boshlashi mumkin

Agar shartlar o‘zgarmasa, dastur 2023-2024 o‘quv yilida davom ettirilishi rejalashtirilgan. Nomzodlarni tanlash 2022-2023 yillarda bo‘lib o‘tadi.

AQShning Kobuldagi elchixonasi ishlamagani uchun xohlovchilar boshqa davlatlarga vizaga murojaat qilishlari kerak. Biroq ushbu dasturning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, afg‘onlar uchun vizalar va parvozlar narxi AQSh hukumati tomonidan to‘lanadi.

Fulbrayt dasturi AQShdagi eng yirik xalqaro ta’lim granti dasturi bo‘lib, 155 ta davlatda faoliyat yuritadi, 1946 yilda asos solingan. Uning doirasida har yili 4 mingga yaqin talaba grant oladi.

Kiritildi: 08:59 04.07.2022. O'qildi: 3088 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!