"Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar prezidenti lavozimiga qayta saylanganidan so‘ng, unga qarshi ikki jinoiy ish to‘xtatildi. Endilikda ushbu tergovlarda qatnashgan adliya xodimlari ishdan bo‘shatilmoqda", deb xabar beradi Amerika ommaviy axborot vositalari.
Adliya vaziri vazifasini bajaruvchi Jeyms MakGenri bu xodimlar "prezidentning siyosiy dasturini sodiqlik bilan amalga oshirishga yordam berishiga ishonchi yo‘qligini" bildirgan.
Trampga qarshi jinoiy ishlar uninh 2021 yilda Oq uyni tark etgach maxfiy hujjatlar bilan muomalasi va 2020 yilgi prezidentlik saylovi natijalarini soxtalashtirishga urinish haqidagi gumonlar bilan bog‘liq edi.
Amerika ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlariga ko‘ra, Trampning inaugurasiyasidan bir necha kun oldin Kongressga taqdim etilgan hisobotda maxsus prokuror Jek Smit Tramp saylovlarni soxtalashtirishda aybdor deb topilmasligining sababi uning AQSh prezidenti lavozimiga qayta saylangani ekanini ta’kidlagan.