Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh Adliya vazirligi Visa kompaniyasini sudga berdi

AQSh Adliya vazirligi Visa kompaniyasini sudga berdi

AQSh Adliya vazirligi Visa kompaniyasini debet kartalar bozorini noqonuniy monopollashtirishda, bu orqali iste’molchilar va korxonalarga milliardlab dollar zarar yetkazishda ayblab, sudga berdi.

Vazrlikka ko‘ra, o‘n yildan ortiq vaqt davomida Visa raqobatni bostirish uchun bozordagi hukmron mavqeyini suiiste’mol qilgan. Shikoyatda kompaniya debet operasiyalarini qayta ishlash uchun muqobil texnologiyalardan foydalanadigan chakana sotuvchilar va banklarni jazolashi ta’kidlangan. Kompaniya esa o‘z tarmog‘i orqali o‘tadigan har bir tranzaksiyadan komissiya oladi.

AQShda debet operasiyalarining 60 foizi Visa tarmog‘i orqali amalga oshiriladi, bu esa unga yiliga 7 milliard dollardan ortiq komissiya olish imkonini beradi

“Visa raqobatli bozorda undirishiga imkon bo‘lgan to‘lovlardan ancha yuqori bo‘lgan yig‘imlarni noqonuniy ravishda qo‘lga kiritganini ta’kidlaymiz. Savdo tashkilotlari va banklar bu xarajatlarni narxlarni oshirish yoki sifat hamda xizmat ko‘rsatish darajasini pasaytirish orqali iste’molchilarga yuklaydi. Natijada, kompaniyaning noqonuniy harakatlari nafaqat bitta tovarning narxiga, balki deyarli barcha narsalarning narxlariga ta’sir ko‘rsatmoqda”, dedi AQSh bosh prokurori Merrik Garland.

Visa va uning kichik raqibi Mastercard Inc.ning umumiy kapitallashuvi so‘nggi 20 yil ichida keskin o‘sib, taxminan 1 trillion dollarga yetdi. Chunki iste’molchilar naqd pul o‘rniga kredit va debet kartalaridan foydalanishga o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, Visa ataylab hamkorlari bilan tuzilgan shartnomalarga to‘lovi past raqobatchilari bilan hamkorlik qilmaslik shartlarini kiritgan. Bundan tashqari, kompaniya Apple Inc., PayPal Holdings va Block Inc. kabi yirik IT-korxonalarga o‘z xizmatlariga o‘xshash mahsulotlarni bozorga chiqarmasliklari uchun har yili yuz millionlab dollar to‘lagan bo‘lishi mumkin.

Adliya vazirligiga ko‘ra, Visa, shuningdek, potensial raqobatchilarga u bilan hamkorlik shartnomalari tuzish uchun pul to‘lab, raqobatni bostirgan.

Pandemiyadan keyin dunyo bo‘ylab tobora ko‘proq iste’molchilar tovarlar va xizmatlarni internet orqali xarid qila boshladi, bu Visa’ning komissiya ko‘rinishidagi daromadlarining oshishiga olib keldi.

Visa bosh yuridik maslahatchisi Juli Rotenbergning ta’kidlashicha, da’vo “tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov qilishning yangi usullarini taklif qiluvchi kompaniyalarning doimiy ravishda kengayib borayotgan olamini” hisobga olmaydi.

Kiritildi: 06:05 29.09.2024. O'qildi: 1402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!