AQSh Adliya vazirligi Google monopoliyasiga barham berish uchun kompaniyani majburiy tartibda bo‘lib yuborish to‘g‘risida sudga ariza kiritdi. Agar sud vazirlik taklifiga ko‘nsa, u Amerikaning so‘nggi 40 yildagi antitrast choralaridan biri bo‘ladi.
Vazirlik Google qidiruv tizimi orqali Google Play, Android va Chrome platformalarini reklama qilishni taqiqlamoqchi. Bundan tashqari, Google boshqa qidiruv servislariga investisiya kiritish huquqidan mahrum qilinishi mumkin. Qolaversa, kompaniya Apple va Samsung singari yirik kompaniyalar bilan eksklyuziv kelishuvlar tuzolmaydi.
Avgustda sud Google qidiruv bozorining 90%iga egallab olgani, internet reklama bozorining katta qismini nazorat qilishi, qolaversa, o‘z monopol mavqeini saqlab qolish uchun turli xatti-harakatlarni amalga oshirib kelgani tufayli monopol kompaniya deb topgan edi.
Google kompaniyasi dekabr oyida o‘z chora-tadbirlar rejasini taqdim etishini bildirgan.