Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Aqidaxon jahon kubogida oltin va kumush medalga sazovor bo‘ldi

Aqidaxon jahon kubogida oltin va kumush medalga sazovor bo‘ldi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para pauerlifting bo‘yicha jahon kubogi o‘tkazilmoqda.

Musobaqada ishtirokchilar nafaqat medallar uchun, balki Parijda bo‘ladigan yozgi Paralimpiya o‘yinlari lisenziyasi uchun muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritish maqsadida raqobatlashmoqda.

Jahon kubogining dastlabki kunida ayollar o‘rtasida vazni -50 kg bo‘lgan hamyurtimiz Aqidaxon Axtamova yakkalik bellashuvlarida 103 kg natija bilan kumush, umumiy natijaga ko‘ra esa 301 kg natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa 6 mart kuniga qadar davom etadi.

Kiritildi: 10:14 02.03.2024. O'qildi: 819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!