Bugun 12 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Apple yangi iPhone chiqargach, eski modellar narxini keskin oshirdi

Apple yangi iPhone chiqargach, eski modellar narxini keskin oshirdi

Apple yangi avlod iPhone taqdimotidan so‘ng bir qator avvalgi modellarining narxini keskin oshirdi. Eng katta qimmatlashuv 1 TB xotirali iPhone Air modelila yuz berdi — uning narxi taxminan €1700 dan €2049 gacha, ya’ni €350 ga oshgan.

Boshqa modellar ham qimmatladi:

  • iPhone 17e, 256 GB — €849, avval taxminan €700;
  • iPhone 16, 128 GB — €999, avval €850 atrofida;
  • iPhone 17, 256 GB — €1099, avval taxminan €950.

Shu bilan birga, Apple o‘z rasmiy do‘konidagi modellar qatori qisqartirdi. iPhone 16 Plus, iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max kompaniyaning rasmiy do‘konidan olib tashlangan. Endi ularni faqat boshqa sotuvchilar orqali xarid qilish mumkin.

Kompaniya avvalroq narxlar oshishini, asosan, komponentlar, xususan xotira chiplari qimmatlashi bilan izohlagan edi. Apple rahbari Tim Kuk ham iyun oyida ayrim qurilmalar narxini oshirish zarurati paydo bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Kiritildi: 21:05 11.09.2026. O'qildi: 755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!