Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Apple Janubiy Koreyaga qaramligini kamaytirmoqchi — OAV

Apple Janubiy Koreyaga qaramligini kamaytirmoqchi — OAV

Apple Janubiy Koreyaning Samsung va LG kabi raqobatchilarga qaramligini kamaytirish uchun 2024 yildan boshlab qurilmalari uchun ekranlarni o‘zi ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS Bloomberg agentligiga tayanib, xabar berdim

Nashr manbalariga ko‘ra, OLED texnologiyasidan microLED deb ataladigan texnologiyaga o‘tish rejalashtirilmoqda. Korporasiya tomonidan ishlab chiqarilgan birinchi displeylar kelasi yil oxirigacha Apple Watch aqlli soatlaridan o‘rin oladi. Keyin kompaniya ushbu ekranlarni o‘zining boshqa qurilmalarida, jumladan iPhone'da ham qo‘llashni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, yangi avlod displeylari yorqinroq va to‘yingan ranglarni, shuningdek, burchak ostida yaxshiroq ko‘rish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, o‘z ishlab chiqarish displeyiga ega bo‘lgan birinchi Apple qurilmalarining debyuti 2024 yilda emas, balki 2025 yilda bo‘lib o‘tishi istisno qilinmaydi.‌‌

Kiritildi: 10:01 11.01.2023. O'qildi: 2003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!