Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Apple iPhone 11 va iPhone 11 Pro smartfonlarini taqdim etdi

Apple iPhone 11 va iPhone 11 Pro smartfonlarini taqdim etdi

Apple korporasiyasi iPhone’larning yangi modellarini namoyish etdi. iPhone 11 va iPhone 11 Pro’ning taqdimoti 10 sentyabr, seshanba kuni Kaliforniyada bo‘lib o‘tdi.

iPhone 11 «qoshiga» frontal kamera va FaceID sensori o‘rnatilgan diagonali 6,1 dyuymga teng LCD-ekran bilan ta’minlanadi. Telefonda ikkita asosiy kamera bo‘lib, avvalgi modellardan farqli o‘laroq, uning qo‘shimcha kamerasida keng burchakli ob’ektivdan foydalanilgan.

iPhone 11 ga yangi A13 Bionic prosessori o‘rnatilgan. Apple vakillarining ta’kidlashicha, bu barcha telefonlar orasidagi eng tezkor prosessor va videotizimdir.

iPhone 11 Pro esa uchtalik asosiy kamera, diagonali ikki xil — 6,5 va 5,8 dyuymli OLED-ekran va A13 Bionic prosessori bilan ta’minlangan.

iPhone 11 smartfoni 699 dollardan sotuvga chiqariladi. Pro’ning narxi 999 dollardan boshlanadi, uning kattaroq versiyasi — Pro Max’ning eng arzoni esa 1099 dollarga baholangan.

Kiritildi: 05:21 11.09.2019. O'qildi: 2328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!