Angliya Premyer-ligasi 2025/2026 yilgi mavsum taqvimini e’lon qildi.
Dastlabki o‘yin 15 avgust, juma kuni o‘tkaziladi: mamlakatning amaldagi chempioni "Liverpul" o‘z maydonida "Bornmut"ni qabul qiladi.
Aksariyat o‘yinlar 16 avgust shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Shu kuni "Manchester Siti" "Vulverxempton" maydoniga safar qiladi.
17 avgust, yakshanba kuni "Chelsi" o‘z maydonida "Kristal Pelas"ni qabul qilsa, "Old Trafford"da "Manchester Yunayted" va Londonning "Arsenal" klublari o‘zaro bahs olib boradi.
Dushanba kungi yagona o‘yinda "Lids" o‘z maydonida "Everton" bilan kuch sinashadi.