Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Apiterapiya qaysi kasalliklarga shifo?

Apiterapiya qaysi kasalliklarga shifo?

Ari zahri bilan davolash, ya’ni apiterapiya xalq tabobatida qadim zamonlardan beri qo‘llanib kelinadi. Apiterapiya me’yor unutilmasa, zarracha ham salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Ari chaqqanida 50ga yaqin mikroelementlar va oz miqdordagi zahar organizmimiz salomatligi uchun xizmat qilar ekan. Bu zahar esa mayda arteriya va qon tomirlarini kengaytiradi, inson tanasiga qon oqimining kelishi oshadi.

Asalarining zahri murakkab ta’sirga ega bo‘lib, u arining chaqish soni, zahar miqdori va ari chaqqan joylarga, inson organizmining ari zahrini sezuvchanligiga ham bog‘liq. To‘g‘ri, asalari chaqqanida bor-yo‘g‘i 30 soniya og‘riq bo‘ladi. Albatta, bu yoqimsiz jarayon. Shu bois bu og‘riqni sezmaslik uchun mutaxassis tomonidan maxsus muolaja qo‘llaniladi. Asalariga chaqtirib davolanishning ham o‘ziga xos nozik jihatlari bor. Avvalo, bunday usulda davolanganda bemor mutaxassis nazoratida bo‘lishi shart. Dastlab bemor tanasining asalari zahriga sezgirligi tekshirib ko‘riladi. Buning uchun 1 dona ariga chaqtirib, ignasi 10 daqiqadan so‘ng olib tashlanadi. Agar allergiyaning belgilari 10-15 daqiqada paydo bo‘lmasa, shundan keyin asalariga chaqtirib davolashni boshlash mumkin. Ari chaqqanidan keyin bemorning qon aylanishi va uyqusi yaxshilanadi, og‘riq kamayadi, qon bosimi tushadi. Ari zahri tarkibida suyak tizimini mustahkamlovchi va qayta tiklovchi moddalar mavjudligi olimlar tomonidan isbotlangan.

Davolash kursi o‘rta hisobda 10-11 kun.

Quyidagi kasalliklarda ariga chaqtirib shifo topish mumkin:

- artrit va osteoxondroz;

- bosh og‘rig‘i;

- periferik nerv tizimi xastaliklari (bel og‘rig‘i, yuz nervi falaji, polinevrit, qovurg‘alararo nevrit, nevralgiya);

- churra;

- migren;

- qon-tomir xastaliklari (endoartrit, tromboflebit, ateroskleroz);

- depressiya va uyqu buzilishi;

- quloq va burun-tomoq xastaliklari va hokazo.

Kimlarga mumkin emas?

- homilador ayollar;

- jigar va me’da kasalliklarining o‘tkir davri;

- sepsis — qon tarkibida yiring bo‘lganda;

- ruhiy xastaliklar;

- asal va asalariga allergiyasi borlar;

- saratonga chalinganlar;

- yuqumli xastaliklar bilan og‘riganlar.

Kiritildi: 07:25 02.09.2019. O'qildi: 10167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!