Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Apellyasiya kengashlari shikoyatlarni bepul ko‘rib chiqadi — fuqarolarga yangi imkoniyat

Apellyasiya kengashlari shikoyatlarni bepul ko‘rib chiqadi — fuqarolarga yangi imkoniyat

Apellyasiya kengashlari tomonidan shikoyatlar bepul qo‘rib chiqiladi.

Apellyasiya kengashlariga shikoyat qilish ixtiyoriy, bu fuqarolarning bevosita sudga murojaat qilish huquqini cheklamaydi.

Apellyasiya kengashlariga davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali shikoyat qilish mumkin.

Apellyasiya kengashlari shikoyat bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

ma’muriy hujjatni o‘zgartirishsiz o‘z kuchida qoldirish;

ma’muriy hujjatga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha vakolatli organga majburiyat yuklash;

ma’muriy hujjatni qisman yoki to‘liq bekor qilish hamda vakolatli organ tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha arizani qayta ko‘rib chiqish.

Apellyasiya kengashlarining qarorlari 3 ish kunidan kechiktirmay “E-qaror” elektron tizimida joylashtiriladi.

Apellyasiya kengashlarining qarorlari tegishli davlat organlari va tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.

Ma’muriy hujjatini o‘zgartirish, qisman yoki to‘liq bekor qilish haqida qaror qabul qilinganda, davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha berilgan ariza YAIDXP va (yoki) tegishli tizimda qayta ko‘rib chiqish bosqichiga qaytariladi. Bunda fuqaro davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha qayta ariza berish talab etilmaydi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida apellyasiya kengashlarining qarorlarini manfaatdor shaxslarning shaxsiy kabinetiga yuborish imkoni yaratiladi.

Kiritildi: 18:49 20.05.2025. O'qildi: 417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!