So‘nggi vaqtlarda Toshkent shahar yo‘lovchilari metropoliten xizmatlaridagi qator muammolar guvohiga aylanishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropoliteni bilan bog‘liq kamchiliklar haqida ko‘p marotaba yozib kelishmoqda. Jumladan, 18 mart kuni «Olmazor» (Chilonzor yo‘li) va «Bekat-1» (Sergeli yo‘li) orasidagi tunnelda ikki poyezd to‘qnashuvi. 9 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda poyezdning ochiq eshiklar bilan harakati tushirilgan video tarqaldi. Shu bilan birga metropolitendagi yer osti va yer usti poyezd harakatlarining bir nechta boshqa videolari ham ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p bora muhokama qilindi. Bugun esa, tunnelda to‘xtab qolgan poyezd haqidagi video tarqaldi, unda yo‘lovchilar relslar orqali harakatlanib bekatga yetib olishgani tasvirlangan.
«Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida»gi Qonunning 8-moddasida yo‘lovchi tashishning asoslari belgilab qo‘yilgan, jumladan:
Ammo, «poytaxt yer ostidagi» voqealar xizmat ko‘rsatuvchining o‘z majburiyatlarini bajarmayotganiga dalolat bermoqda.
Ushbu holatlarni va har bir yo‘lovchi iste’molchi ekanligini hamda ularning haq-huquqlari O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun bilan himoyalanishini eslatgan holda, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi yuqorida keltirilgan muammolarni o‘z nazorati ostiga olib, metropoliten xizmatlari yuzasidan o‘rganish ishlarini boshlaganini ma’lum qiladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Matbuot xizmati