Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Antiqa javob varaqasi: abituriyent nega bunday baholandi? (foto)

Antiqa javob varaqasi: abituriyent nega bunday baholandi? (foto)

Joriy yildan abituriyentlarning javoblar varaqasining skaneri ham e’lon qilinayotgani katta ijobiy o‘zgarish bo‘ldi, albatta. Bu ishonchlilik va shaffoflikni ancha oshiradi, deb yozadi bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev telegramdagi sahifasida.

Ammo bu ilk marta qilinayotgan amaliyot bo‘lganligi sababli, ijtimoiy tarmoqlarda turli javoblar varaqalarining rasmlari tarqatilib, ayrim tushunmovchiliklarga ham sabab bo‘lmoqda. Buni ayrimlar «o‘yin» deb baholashmoqda ham.

Masalan, bo‘sh qoldirilgan javobga nima uchun ball berilganini yoki birorta javob belgilanmagan bo‘lsa ham maksimal ball berilganini ko‘pchilik boshida tushunmagandi. Izohlardan keyin tushunib olishdi, menimcha.

Ana shunday izohlar berishni davom ettiramiz.

Yaqinda mana bu javoblar varaqasi ham tarqaldi. Unda abituriyentning chet tilidan imtiyozi yo‘qligi, lekin shunday bo‘lsa-da ikkinchi fan bloki (2,1 ball) uchun ball berilgani ko‘pchilikni hayron qoldirdi.

Gap shundaki, aynan ushbu javoblar varaqasi tarqalgan abituriyent Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishiga topshirgan. Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishining 2-blokida ijodiy imtihon bo‘ladi. Buni ko‘pchilik yaxshi bilsa kerak. Chet tiliga umuman aloqasi yo‘q buni.

Yana bir muhim joyi - ijodiy imtihon topshirganlarda garchi xuddi maksimal ball berilganday 30 ta yashil belgi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, lekin aslida unaqa emas. Ijodiydan necha ball olgan bo‘lsa, o‘sha qo‘shiladi.

Masalan, ushbu javoblar varaqasiga qarang. Abituriyent 80 ball olgan. Test ballari hisoblab ko‘rsangiz, 8 ta 3,1 ball (24,8) hamda 2 ta 1,1 ball (2,2) topgan. Demak, testdan jami 27 ball topgan. 80 dan 27 ni ayirsak, 53 ball qoladi.

Xulosa: abituriyent ijodiy imtihondan 53 ball olgan. Agar 2.1 ball bo‘yicha maksimal ball (2,2 x 30 = 60) qo‘shilganda edi, unda 87 ball ko‘rsatishi kerak bo‘lardi. Lekin javoblar varaqasida ham aynan 80 ball ko‘rsatilgan. Demak, hammasi joyida.

O‘shanchun ijodiy imtihonlarda 30 ta savolning barchasida yashil belgi tursa ham, bu maksimal ball berildi, deganini anglatmaydi.

P.S.: balki kelgusi yilda DTM tizimni yanada takomillashtirish, ijodiy imtihonlar alohida yangi belgi qo‘shsa, yanada yaxshi bo‘lardi.
 

Kiritildi: 15:53 12.08.2019. O'qildi: 8367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!