Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Antarktidadan ulkan aysberg ajralib chiqdi

A A A
Antarktidadan ulkan aysberg ajralib chiqdi

Antarktidadan maydoni 1270 kvadrat kilometrli ulkan aysberg ajralib chiqdi

Aysberg Britaniyaning Halley tadqiqot stansiyasi joylashgan Brant muzligidan ajralgan. Muzlikning qalinligi 150 metrni tashkil etadi.

Muzlikda 10 yil avval yirik yoriqlar paydo bo‘lgandi. Yanvarda eng yirik yoriqlardan birining kengayishi tezlashdi. Natijada 26 fevralda aysberg muzlikdan ajraldi.

Antarktidadan ulkan aysberg ajralib chiqdi

Qayd etilishicha, bu hodisa stansiya uchun xavf solmaydi. Stansiya 2016 yilda qit’aning ichkariroq qismiga ko‘chirilgandi. Fevral o‘rtalarida 12 nafar xodimdan iborat guruh stansiyani tark etgandi.

Kiritildi: 06:00 01.03.2021. O'qildi: 2243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!