Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Antarktidadagi dengiz muzlari rekord darajada qisqargan

A A A
Antarktidadagi dengiz muzlari rekord darajada qisqargan

Qish mavsumida (Janubiy yarimsharda qish iyundan avgustgacha davom etadi) Antarktida atrofidagi dengiz muzlarining hajmi 2023 yilda 16,96 million kvadrat kilometrlik minimal darajaga tushdi.

Bu haqda AQSh milliy muz va qor ma’lumotlar markazi (NSIDC) tadqiqotida aytiladi.

Bu yil Antarktidadagi dengiz muzlarining maksimal maydoni oldingi antirekorddan – 1 million kvadrat kilometrdan kam bo‘ldi. Shunday qilib, mintaqa Misr hududiga teng muz maydonlarisiz qoldi.

Sayyoramizning boshqa qutbida – Arktikada yoz mavsumi oxirida dengiz muzining maydoni 4,23 million kvadrat kilometrni tashkil etdi, bu 45 yillik kuzatuvlar davomida oltinchi eng past ko‘rsatkichdir.

NSIDCning ma’lumot berishicha, Antarktika dengiz muzlari 2016 yildan buyon keskin chekinishni boshlagan.

Sohil muzlarining yo‘qolishi Antarktida qirg‘oqlarida kuchli to‘lqin ta’sirini yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, muz qatlamlarining zaiflashishi dengiz sathining ko‘tarilishini tezlashtiradi, deb xabar beradi mail.ru.

Kiritildi: 10:26 27.09.2023. O'qildi: 918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!