Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Antaliyada O‘zbekiston va Kuvayt tashqi ishlar vazirlari uchrashuv o‘tkazdi

Antaliyada O‘zbekiston va Kuvayt tashqi ishlar vazirlari uchrashuv o‘tkazdi

Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kuvaytlik hamkasbi Abdulloh Ali Al-Yahyo bilan uchrashdi. Ikki tomonlama munosabatning dolzarb masalalari muhokama qilingan mazkur muloqot haqida Kuvayt axborot agentligi “Kuna” yozgan.

– O‘zbekiston – Kuvayt aloqalari kun tartibi kun sayin boyib boryapti, – deya ta’kidlagan mamlakatimiz tashqi siyosat idorasi rahbari muzokara qisqacha tafsilotiga to‘xtalarkan. – Ikki va ko‘p tomonlama shaklda bo‘lajak yuqori darajadagi muloqotlar, iqtisodiy va madaniy diplomatiyani rivojlantirish, hamkorlikning yangi yo‘llarini topish e’tiborimiz markazida bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv nufuzli xalqaro anjuman – Uchinchi Diplomatik forum doirasida bo‘lib o‘tdi.

Kiritildi: 02:22 02.03.2024. O'qildi: 837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!