Joriy yilning 13 - 14 sentyabr kunlari Toshkent viloyati Angren shahridagi 1 - sonli DMTTda 3 nafar, 10 - sonli DMTTda 14 nafar hamda 37 - sonli DMTTda bir nafar tarbiyalanuvchi birlamchi ich buzilishi tashxisi bilan shifoxonaga tushgan.
Maktabgacha ta’lim agentligining ma’lum qilishicha, hozirda barcha tarbiyalanuvchilar shifokorlar nazoratida.