Bugun 3 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Angrenda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

Angrenda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

Toshkent viloyatining Angren shahrida 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi.

Holat “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida ma’lum bo‘lgan.

A.C.I. MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan. Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 111 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Kiritildi: 11:30 29.10.2024. O'qildi: 1023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!