Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Angorda avtomashinaning kanalga tushib ketishi natijasida yong‘in kelib chiqdi. Qurbonlar bor

Angorda avtomashinaning kanalga tushib ketishi natijasida yong‘in kelib chiqdi. Qurbonlar bor

2020 yil 18 oktyabr kuni soat 23:00da Angor tumani “Qorabog‘” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1433 kilometrida 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi Neksiya-3 rusumli transport vositasini “Samarqand-Termiz” yo‘nalishida boshqarib kelib, boshqaruvni yo‘qotishi natijasina yo‘nalishdan chiqib ketib, yo‘l bo‘ylab oqib o‘tuvchi kanalga tushib ketgan va avtomobilda yong‘in kelib chiqqan.

Natijada transport vositasi haydovchisi I.I, uning 1993 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i F.A hamda voyaga yetmagan farzandlari 2016 yilda tug‘ilgan S.O‘ va 2017 yilda tug‘ilgan S.I lar og‘ir darajadagi tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 19 oktyabr kuni Angor tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:36 19.10.2020. O'qildi: 2561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!