Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Angliyaning 4 ta superklubi "Real" yulduziga da’vogar

Angliyaning 4 ta superklubi "Real" yulduziga da’vogar

Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo faoliyatini Angliya Premyer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Todofichajes portali.

Manbaga ko‘ra, hujumchining transferiga birdaniga to‘rtta klub qiziqish bildirmoqda. Gap Londonning "Arsenal," "Liverpul," "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" klublari haqida ketmoqda. "Qizil iblislar" braziliyalik yulduzni sotib olish uchun 100 million yevro atrofida mablag‘ ajratishga tayyor.

24 yoshli hujumchi "Real" safida 2019 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. Rodrigoning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ekspertlari uning bozor qiymatini 100 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 14:21 08.06.2025. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!