Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Angliyalik oila dahshatda. Ularning o‘g‘ilchasi arvoh bilan gaplasha boshlabdi…

A A A
Angliyalik oila dahshatda. Ularning o‘g‘ilchasi arvoh bilan gaplasha boshlabdi…

Bu oilada voyaga yetib kelayotgan kenja o‘g‘il atigi olti yoshga qarab ketdi. Yaqindan beri negadir o‘zi bilan o‘zi gaplashaveradigan bo‘lib qolgan ekan. Ota-ona, qondoshlar avvaliga e’tibor berishmabdi. «Yolg‘iz bo‘lgani uchun zerikib o‘zi bilan o‘zi gaplashayotgan shekilli», deb qo‘ya qolishdi. Lekin voqea tobora rivojlana bordi. Bolakay endi ovqatlanishdan ham ko‘ra o‘sha «mashg‘ulot»ni afzal ko‘ra boshladi. Kunlarning birida esa u ota-onasiga doimo Polin ismli ayol bilan gaplashishini, ayol u bilan birga o‘ynayotganini aytib qoldi. Shu gapidan so‘ng ota-ona dahshatga tushdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, ona bo‘lmish o‘g‘ilchasi o‘yinga andarmon bo‘lib, o‘zi bilan o‘zi gaplasha boshlaganda, smartfoni yordamida uni bildirmaygina suratga tushirib qo‘ydi. Shundan keyin adoyi tamom bo‘layozdi. Ne ko‘z bilan ko‘rishsinki, o‘g‘ilchasining shundoq yonida yuz-ko‘zlari murdaniki kabi oppoq, qaraganning yuragiga qo‘rquv soluvchi ayol qiyofasi o‘tirardi. Azbaroyi qo‘rqib ketgan ota-ona zudlik bilan mutaxassislarga murojaat etdi. Ruhlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis Barri Gay bolaning onasi taqdim etgan suratni erinmasdan o‘rganib chiqqach, bir to‘xtamga keldi.

— Bu go‘daklarga nisbatan yovlarcha munosabat yuritishga mahkum ayol arvohi, — dedi mutaxassis. — Bunday arvohlarni yovuz deb atashadi. Arvoh yaxshi odam qiyofasiga ega bo‘lmagani bois bu qiyofani o‘zi tanlagan bolalardan tortib olishga urinadi. Demak, yaxshi odam qiyofasini olish orqali o‘sha bolaning o‘limiga sababchi bo‘ladi…

Vahimaga tushib qolgan oila a’zolari tezda boshqa shaharga ko‘chib o‘tish niyatida ekanliklarini aytib mutaxassisga maslahat soldi.

— Buning foydasi yo‘q, — dedi Barri Gay. — Boshqa shaharga ko‘chganingiz bilan arvoh baribir bolakayni tinch qo‘ymaydi. O‘sha yoqqacha ham quvlab boradi. To yovuz maqsadini amalga oshirmaguncha ergashaveradi. Agar shu arvohdan qutulishni haqiqatan istasangiz, xudoga nola qiling, uy ichida har kuni kechqurunga yaqin sham yoqib o‘tgan yaqinlaringizni yo‘qlang. Ana o‘shalar sizlarga yordam beradi va yovuz ruhni quvib solishi, juda qurbi yetmasa, yaratgandan so‘rab yolvorishi mumkin. Esda tuting, marhumlarning xudoga nolasi siz va biz qilgan noladan tezroq yetib boradi, tezroq ijobat bo‘ladi…

Hozirgi kunda bu oiladagilar ancha tinchlanishgan. Ona o‘g‘ilchasining har bir qadamini kuzatuv ostida ushlab turibdi. Kechqurunlari sham yoqib olamdan o‘tgan qondoshlarni, o‘zining, erining ota-onalarini yod etmoqda. Tan olib aytishicha, o‘g‘ilchasi bu amallardan keyin begona ayol arvohi bilan deyarli kam gaplashadigan bo‘libdi.

esoreiter. ru

Kiritildi: 04:13 31.05.2018. O'qildi: 2158 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik