Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Angliyalik muxlislar nomaqbul xatti-harakatlari uchun Yevro—2024 o‘yinlaridan chetlatiladi

Angliyalik muxlislar nomaqbul xatti-harakatlari uchun Yevro—2024 o‘yinlaridan chetlatiladi

FA ingliz muxlislarining nomaqbul xatti-harakatlarini aniqlasa, 2024 yilgi Yevropa chempionati o‘yinlari uchun chiptalari musodara qilinishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Inews nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Angliya terma jamoasining bezorilik qilgan muxlislari chiptalar musodara qilinishidan tashqari, Angliyadagi futbol o‘yinlariga borish taqiqlanishi ham mumkin.

Ta’kidlanishicha, FA Angliya terma jamoasining barcha o‘yinlarida tartibni saqlaydigan va yordam beradigan alohida styuardlar xizmatidan foydalanadi.

2024 yilgi Yevropa chempionatida Angliya terma jamoasi Serbiya, Sloveniya va Daniya bilan bir guruhdan joy oldi. Angliya guruh bosqichidagi ilk o‘yinini 16 iyun kuni o‘tkazadi. “Uch sherlar”ning raqibi Serbiya terma jamoasi bo‘ladi. Angliya terma jamoasi 20 iyun kuni Daniya bilan, 25 iyun kuni esa Sloveniya bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 18:55 16.06.2024. O'qildi: 1621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!