"Everton" Premyer-liga tarixidagi eng tez golni urdi.
"Lester"ga qarshi o‘yinda "irislar" darvozaboni Jordan Pikford Dukurega golli uzatmani amalga oshirdi, malilik yarim himoyachi esa o‘yinning 10-soniyasidayoq raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Opta xabariga ko‘ra, bu turnir tarixidagi eng tezkor gol.
Bu Dukurening Premyer-ligadagi birinchi va ingliz klubi safidagi ikkinchi goli bo‘ldi.