Bu haqda TASS agentligiga bergan intervyusida xalq milisiyasi podpolkovnigi Andrey Marochko aytdi.
"Mutaxassislar hozirda har kuni respublika hududining qariyb 5-8 kvadrat kilometrini minalardan tozalash ishlarini olib bormoqda. Bu biz uchun, respublika aholisi uchun juda katta muammo, chunki faol harbiy harakatlardan tashqari, Ukraina armiyasi sakkiz yil davomida hududni tasodifiy minalash bilan shug‘ullanmoqda, minalangan maydonlar xaritalari yo‘q. Ya’ni, bizni minalangan hudud, deb atashimiz mumkin ", — dedi ofiser.