Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Andijonlik ayollarning ochlik e’lon qilishida hokim aybdormi?

Andijonlik ayollarning ochlik e’lon qilishida hokim aybdormi?

Deputat Rasul Kusherbayev uyi buzilib, kompensasiya to‘lanmayotganligi sababli ochlik e’lon qilgan andijonlik ayollar masalasi bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi. U bunga hokimlar va ularga topshiriq beradigan mutasaddilar mas’ul ekanligini aytdi.

Bir necha kun avval andijonlik bir guruh ayollar uylari buzilgani uchun kompensasiya to‘lanmayotgani sababli ochlik e’lon qilgan videosi tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputati Rasul Kusherbayev o‘z munosabatini bildirdi.    

“Boshdan aytib o‘tish kerak: “snos” masalasida qonun talablariga rioya etilmay, aholining uy joyi buzib tashlangani ko‘rinib turibdi. Avval kompensasiya to‘liq qoplanib yoki kompensasiya o‘rnida fuqarolarga mos ravishda uy-joy berilgach, eski uy deb aytilayotgan uylar buzilishi kerak edi. Biroq bunday bo‘lmagan.

Uy joyni buzish masalasi eng og‘riqli muammolardan biri ekanligi, hatto fuqarolarni mitingga chiqish, namoyishkorona ochlik e’lon qilish, benzin sepib yoqib yuborish kabi jamiyatimiz uchun notabiiy ishlarni qo‘llashga majbur qilayotganligini ko‘rib turibmiz. Bu juda xavfli va mamlakat obro‘sini tushiradigan ish. Bu ishning bosh aydori esa o‘sha yerdagi hokim va uning jamoasidir.

Men bir narsaga ishonaman: “snos”ni qonunga amal qilib, fuqaroni rozi qilib amalga oshira olmagan hokim, vazifasiga noloyiq,  uquvsiz rahbardir.

Xususiy mulk daxlsizligini amalda ko‘rsatib, namuna bo‘lmas ekanmiz, O‘zbekistonga investisiya oqimi kuchaymaydi, odamlarimiz yaxshi yashamaydi, qonunlarga va davlatga ishonmaydi. Hokimlar va ularga shunday topshiriq berib natija qilmoqchi bo‘layotgan mas’ullar buni yaxshi anglashlari kerak", deydi Rasul Kusherbayev. 

Kiritildi: 17:32 19.09.2019. O'qildi: 3120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!