Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Andijonlik ayollarga uy berilib, tortib olinganmidi? Hokim javob berdi

Andijonlik ayollarga uy berilib, tortib olinganmidi? Hokim javob berdi

Bir necha kundirki, ijtimoiy tarmoqlarda andijonlik ayolga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Andijonga tashrifi vaqtida uy berilgani,  bu haqda "O'zbekiston 24" telekanalida lavha efirga berilib, ayni paytda ayol uyidan ayrilgani haqidagi xabarlar ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Qalampir.uz manbasiga ko‘ra, shu munosabat bilan bugun, 31 may kuni Andijon viloyati hokimligi ushbu masala yuzasidan OAV vakillari uchun ochiq muloqot o‘tkazdi. 

Muloqotda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Xurshida Tillayeva va boshqalar haqida tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, “Andijon shahrining “Mustaqillik” mahallasida  1539 ta xonadon bo‘lib, ularda 2256 ta oila istiqomat qiladi. Ushbu mahalladagi aksariyat uylarning qurilganiga yarim asrdan oshganligi bois yaroqsiz holga kelib qolgan. 

"Aholi soni ko‘pligi bois bitta xonada bir necha fuqarolar istiqomat qilishiga to‘g‘ri kelgan. Hatto omborxonalardan turar-joy sifatida foydalanayotganlar ham ko‘p. Bu hududda istiqomat qiluvchilarning aksariyati ishsiz bo‘lib, ko‘plab ayollar turmushidan ajragan va ijtimoiy himoyaga muhtojlar. Ularni turar-joy va ish o‘rni bilan ta’minlash orqali salbiy holatga nisbatan ijobiy yechim topishga harakat qildik. Natijada 2017 yilda Xo‘jaobod tumanining Andijon shahri bilan tutashgan qismida dastlab 226 ta turar-joy binosi qurib bitkazildi. Ayni paytda davom etayotgan qurilishlar tufayli ularning soni 1000 ta yetadi. Buning natijasida 2256 ta oilaning 1000 tasi namunali, arzon va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 2 sotixli hovli-joyga ega bo‘ladilar." degan muloqotda Andijon viloyati hokim Shuhrat Abdurahmonov.

Qalampir.uz manbasining xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar va OAVda tarqalgan xabarlar asossizdir. "Uy berilib, keyin tortib olindi” qabilida yolg‘on xabar tarqatgan ayollar aslida oilasidan ajrashib, ota-onasining xonadoniga kelib yashayotganlardir. 

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat hokimligi yuqorida ismlari zikr etilgan ayollarni “Mustaqilllik tikuvchilik majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ishga joylashtirilib, “Qishloqqurilishinvest” MCHJ IK bilan joriy yil 15 fevralda tuzilgan shartnomaga asosan ish haqlari hisobidan ko‘p qavatli uylardan oladigan kvartirasi uchun boshlang‘ich to‘lov sifatida 12 million so‘mdan 15 million so‘mgacha, jami 596 million 700 ming so‘m mablag‘ o‘tkazib berilgan. Uyning boshlang‘ich to‘lovi joriy yilning 22 may kuni to‘lab berilgan. 

Andijonlik Xurshida Tillayeva, Muyassar  Rahimova, Shohista Bakirova, Xayriniso Ermatova hamda M. Abduvaliyevalar ham ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritganlar va ular uchun ajratiladigan xonadonlarning dastlabki to‘lovlari “Mustaqillik tikuvchilik majmuasi” MCHJ tomonidan oldindan to‘lab berilgan.

Kiritildi: 10:16 01.06.2019. O'qildi: 2908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!