Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Andijondan Mo‘ynoqqa piyoda chiqqan fuqaro 97 kunda Xorazmga yetib keldi

Andijondan Mo‘ynoqqa piyoda chiqqan fuqaro 97 kunda Xorazmga yetib keldi

Joriy yilning 1 iyul sanasida Andijon viloyatining Xonobod shahridan Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumaniga piyoda yo‘lga chiqqan fuqaro Sohib Rajabov oradan 2 oy o‘tib 97 kunda Xorazm viloyatiga yetib keldi. Bu haqda Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqaroning 2200 km masofani tashkil qiladigan marshrut bo‘ylab yurishidan maqsad O‘zbekistonning qanchalik xavfsiz davlat ekanligini isbotlash va yurtimizning turistik salohiyatini ko‘rsatishdir.

Sohib Rajabov o‘zining telegram messenjeridagi “Peshkom po Uzbekistanu” kanalida Xorazm viloyatiga yetib kelganligini ma’lum qilgan.

Sohib yo‘l bo‘yi ko‘rgan-bilganlarini rasmga tushirib, o‘z kanaliga joylashtirib bormoqda.

Qahramonimizni ko‘rgan va tanigan Xorazmlik yurtdoshlar ular bilan birga suratga ham tushishmoqda.

“Davlatbek aka i Zoxidjon aka iz kompanii UMS vstretili menya v Xorezmskoy obl. Po doroge v Urgench. “

“Jamol aka kanal muxlisimiz!!! Yulda uchrashdik!!!“

Sohib Rajabov Urganch ko‘chalarini suratga olib o‘z kanaliga joylamoqda.

Qahramonimiz hozirda Urganch shahridagi oilaviy mehmon uyiga tashrif buyurgan va o‘z taassurotlarini quyidagicha ifodalagan: - “Shuning uchun oilaviy mehmonxona . Butun oila yig‘ilgan. Meni juda yaxshi kutib olishdi, suhbatlashdi, safarim taassurotlari haqida gaplashdi !!! Rahmat do‘stlar !!!“

Endilikda Sohib Rajabov Xorazmda bir necha kun bo‘lib viloyatning sayyohlik manzillariga safarini davom ettiradilar.

Barcha yangiliklarni telegram messenjeridagi “Peshkom po Uzbekistanu” kanalida va shu bilan birga @travelkhorezm kanllarida kuzatib borishingiz mumkin.

Kiritildi: 14:57 09.10.2019. O'qildi: 2027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!