Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va xorijiy davlatlar ish beruvchilari o‘rtasida pandemiya davrida O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash maqsadida olib borilgan muzokaralar natijasida turli davlatlarda ko‘plab bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilib, ularga yurtdoshlarimizni ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.
Agentlikning Andijon viloyati filiali hamda Rossiya Federasiyasining “Uchebniy sentr professionalnogo razvitiya” o‘rtasida imzolangan shartnomaga asosan Chelyabinsk shahridagi “YujUralZolota” kompaniyasiga Andijon viloyatidan 10 nafar fuqaro vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo‘nab ketdi.