Bugun, 25 yanvar kuni Andijon shahridagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 16:22 da Andijon shahrining «Bekguzar» MFY hududida yashovchi — 1952 yilda tug‘ilgan T.M.ning uyida 90 kvadrat metr maydonda shift tom qismi hamda ro‘zg‘or buyumlari yongan. Voqea joyiga soat 16:30 da yetib borilib, 17:00 yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Yong‘indan uyning 250 kvadrat metr joyi saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.