Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Andijondagi sodir bo‘lgan portlash yuzasidan Bosh prokuratura ma’lumot berdi

Andijondagi sodir bo‘lgan portlash yuzasidan Bosh prokuratura ma’lumot berdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Andijon shahrida gaz va havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lganligi haqida rasmiy bayonot berilgan.

Aniqlanishicha, 2021 yil 12 mart kuni soat 17:22 larda Andijon shahar «1-son» MFY, 2-kichik daha, Furqat ko‘chasi, 24-uy 9-xonadonda gaz va havo aralashmasi chaqnashi natijasida yong‘in kelib chiqqan.

Oqibatda, xonadonda bo‘lgan ayol va voyaga yetmagan qiz tana kuyishi hamda qo‘shni xonadonda yashovchi voyaga yetmagan bola chaqnash to‘lqinidan yiqilib, ko‘krak qismidan tan-jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Jabrlanganlarning olgan tan-jarohatlari og‘irlik darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Mutaxassislar tomonidan chaqnash sabablari, shuningdek keltirilgan zararlarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.

Kiritildi: 17:04 13.03.2021. O'qildi: 3027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!