Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Andijondagi maktabda o‘quvchi qizlarni o‘tirib-turg‘izilayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 12 sentyabr kuni Andijon shahridagi 5-umumta’lim maktabida kuzatilgan.
Maktabning 10-“Z” sinfining o‘quvchilari soat 9:20 da maktabga kelishganligi, ular tomonidan muntazam darsga kech qolish holatlari kuzatilayotganligi bois maktabning mac’ul xodimi D.T. tomonidan o‘quvchilar tartibga chaqirilgan.
Ushbu holat maktab direktori tomonidan nazoratga olinib, o‘quvchilar darslarga kiritib yuborilgan hamda o‘quvchilarning ota-onalari bilan dars jarayonlari 8:00 dan boshlanishi va ushbu vaqtda o‘quvchilarni maktabga kelishlarini ta’minlash zarurligi yuzasidan suhbat olib borilgan.
Shuningdek, maktab direktori tomonidan mas’ul xodim D.T.ga o‘quvchilar bilan pedagogik etika qoidalariga rioya etgan holda munosabatda bo‘lishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, unga nisbatan intizomiy chora qo‘llanildi.