Bugun, 25 noyabr kuni tongda Andijon viloyatida yuk mashinasi gaz quvuriga urilishi oqibatida minglab xonadonlar gazsiz qoldi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ulug‘nor tumani “Yangiobod” MFY hududida joylashgan yuqori bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining urilishi oqibatida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan.
Yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida 07:10 dan Ulug‘nor tumanidagi 3200 ta xonadon va 9 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
“Avariya holati bartaraf etilishi bilan gaz ta’minoti qayta tiklanadi”, deyiladi xabarda.