Oltinko‘l tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inida ishlovchi xotin-qizlar faoli noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan.
Shunga ko‘ra, ayol o‘z huquqlarini tiklash maqsadida sudga murojaat etgan va fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining ijro varaqasiga ko‘ra, Oltinko‘l tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limining buyrug‘i g‘ayriqonuniy deb topilgan va I.N. "Ko‘tarmachek” MFYning xotin-qizlar faoli lavozimiga ishga tiklanishi belgilangan.
Mazkur talab asosida Byuroning Oltinko‘l tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tegishli tartibda ijro harakatlari olib borilgan.
Natijada, xotin-qizlar faoli o‘z ishiga tiklanishi ta’minlandi.