Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Andijonda voyaga etmaganlarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxslar sud tomonidan jazoga tortildi

Andijonda voyaga etmaganlarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxslar sud tomonidan jazoga tortildi

Joriy yilning 12 avgust kuni Andijon shahrida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan bir qator ishlar muhokama qilindi.

Xususan, shu yilning 24 iyul’ kuni Andijon shahar, Sadda MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro S.O yashash xonadonida 3 nafar voyaga etmagan bolalarga, Andijon shahar, Obod MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro YU.R esa yashash xonadonida 2020 yilning kuz oylaridan buyon jami 18 nafar voyaga etmaganlarga, shuningdek, joriy yilning 5 avgust kuni Izboskan tumani, Qo‘sh-ko‘prik MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro K.A ijara asosida foydalanish uchun olgan Andijon shahrida joylashgan «Indenim» savdo majmuasining 5-qavatida jami 21 nafar voyaga etmagan fuqarolarga tegishli ruxsatnomasiz, noqonuniy diniy ta’lim berib kelganligi aniqlangan.

Sayyor sud majlisi yakunida Jinoyat ishlar bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan O.S va R.YU.larga nisbatan 10 sutka, A.K.ga nisbatan 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 19:07 14.08.2021. O'qildi: 2254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!