Andijonda MCHJ rahbari sifatsiz, sanitariya-epidemiologik sertifikatlarining muddati o‘tgan 20 xil turdagi biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarib kelgani aniqlandi.
Qayd etilishicha, Andijon shahrida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi rahbari F.R. iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan, sanitariya-epidemiologik sertifikatlarining muddati o‘tgan 20 xil turdagi 2 419 dona biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarib, saqlab kelgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtaobod tuman sudi tomonidan mazkur shaxs aybli deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida, ya’ni 10 200 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi tomonidan jarima pullarini to‘lashi yuzasidan fuqaro ogohlantirilib, ijro harakatlari davomida jinoiy jarima pullari to‘liq undirildi.