Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Andijonda qoramollarda yangi kasallik turi aniqlangani rad etildi

Andijonda qoramollarda yangi kasallik turi aniqlangani rad etildi

Andijon viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga ko‘ra, viloyatda epizodik vaziyat barqaror. Kasallikka gumon qilingan qoramollar nazoratga olinib, tahlil tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Andijonda qoramollarda yangi kasallik turi aniqlangani rad etildi

calendar

07:55

448

Andijon viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga ko‘ra, viloyatda epizodik vaziyat barqaror. Kasallikka gumon qilingan qoramollar nazoratga olinib, tahlil tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Kun.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda qoramollarda yangi kasallik uchrayotgani va Andijondagi qoramol va chorva bozorlari tozalov uchun yopilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimligi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Andijon viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Qayumovning ta’kidlashicha, viloyatdagi qoramollarda yangi kasallik turi aniqlanmagan.

«Bugungi kunda viloyatimizda epizodik vaziyat barqaror. Barcha tuman va shaharlarimizda shtablar tashkil qilingan, doimiy faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan tashqari, hayvon bozorlari veterinariya mutaxassislari tomonidan nazoratga olingan. Dehqon bozorlarida go‘sht va go‘sht mahsulotlari to‘liq veterinariya nazorati ostida iste’molga chiqarilmoqda», deya ma’lum qilgan boshqarma boshlig‘i.

Qo‘shimcha qilinishicha, kasallikka gumon qilingan qoramollar nazoratga olinib, tahlil tekshiruvlari o‘tkazilmoqda, uning natijalari bo‘yicha axborot beriladi.

Avvalroq Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Jizzax viloyatida ikki kishi kuydirgi kasalligiga chalinganligi haqidaga xabarlarga munosabat bildirib, namunalar tekshiruvlardan o‘tkazilganda kasallik qo‘zg‘atuvchisi aniqlanmaganligini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 08:58 09.07.2024. O'qildi: 1232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!