2025 yil 1 iyul kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida jinoyat sodir etildi. “Yuksalish” mahallasi profilaktika inspektori, katta leytenant Abduvaliyev Abdurasul Qahhorovich “102” raqamiga kelib tushgan murojaat bo‘yicha voqea joyiga yetib borgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu mahalladagi xonadonlardan birida 65 yoshli Xolbozorov Yunusali Tumarovich mast holda o‘z oila a’zolariga pichoq bilan tahdid qilgan. Unga nisbatan chora ko‘rish jarayonida u profilaktika inspektorining ko‘krak qismidan pichoq bilan urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. Tez tibbiy yordamga qaramay, Abduvaliyev shifoxonaga olib ketayotganda vafot etgan.
Marhumning janoaza marosimida Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat hokimligi rahbariyati ishtirok etdi. Diniy marosimlar bilan bir qatorda, harbiy an’analar asosida urush quroli bilan olov berildi va davlat madhiyasi yangradi.
Gumondor yuzini yashirib, voqea joyidan qochib ketgan. Hozirda uni qo‘lga olish uchun tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “g” bandi (huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimiga nisbatan qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
‼️ Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lsalar, yaqin oradagi ichki ishlar organlariga yoki “102” qisqa raqamiga murojaat qilishni so‘raydi. Ma’lumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.