Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Andijonda ko‘p qavatli uyda gaz portlashi oqibatida butun oila shifoxonaga yotqizildi. Ular orasida 2 yoshli bola ham bor

Andijonda ko‘p qavatli uyda gaz portlashi oqibatida butun oila shifoxonaga yotqizildi. Ular orasida 2 yoshli bola ham bor

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida ko‘p qavatli uyda gaz portlashi oqibatida butun oila shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda manbalarga tayanib «Tez News»ga xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020 yil 21 dekabr kuni soat 07:50 da Solpi mahallasidagi ko‘p qavatli uyda elektr tarmog‘ida qisqa tutashuv yuz bergan. Buning oqibatida is gazining portlashi kelib chiqqan.

Qayd etilishicha, 30 yoshli F.A., uning rafiqasi, 25 yoshli S.A., ularning voyaga etmagan farzandlari — 5 yoshli F.Y va ikki yoshli S.Y. turli xil kuyishlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergov ishlarini olib bormoqda.

Kiritildi: 18:22 22.12.2020. O'qildi: 2220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!