Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Andijonda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish sexi fosh etildi

A A A
Andijonda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish sexi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida Andijon viloyatida noqonuniy yog‘ ishlab chiqarish holatlarini aniqlashga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.J. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “Obod“ MFY hududidagi xonadonida yashirin sex tashkil etib, qo‘lbola usulda yasalgan moyjuvoz uskunasi yordamida iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarib kelayotganliklari aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan 400 kg. yog‘ mahsuloti, 23,5 tonna chigit va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Kiritildi: 02:21 23.01.2025. O'qildi: 1045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!