Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Andijonda hokim o‘rinbosari fojiali tarzda halok bo‘ldi

Andijonda hokim o‘rinbosari fojiali tarzda halok bo‘ldi

Baliqchi tumanida 17 yanvar, juma kuni yuz bergan avariyada tuman hokimi o‘rinbosari — Investisiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Bekpo‘lat Umarov halok bo‘ldi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

Tuman ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi guruhi inspektorining aytishicha, «Baliqchi—O‘rmonbek» avtomobil yo‘lining Baliqchi tumani, «Afsona» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘zi boshqarib kelayotgan xizmat mashinasida ketayotganida ob-havoning o‘zgarishi tufayli boshqaruvni qo‘ldan chiqarib, elektr ustuniga urilgan.

Buning oqibatida Bekpo‘lat Umarov voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Uning yonida bo‘lgan yana bir kishi yengil tan jarohatlari olgan. Mazkur holat yuzasidan tezkor-tergov ishlari olib borilmoqda.

Bekpo‘lat Umarov 1984 yil 20 avgustda Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Andijon muhandislik institutini tamomlagan. Turli yillarda Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Baliqchi tumani kengashi ish yurituvchisi, tuman g‘aznachilik bo‘linmasi guruh inspektori va boshlig‘i, tuman g‘aznachilik bo‘linmasi boshliq o‘rinbosari, boshlig‘i vazifalarida faoliyat olib borgan.

2018 yildan Baliqchi tuman hokimining investisiyalar, innovasiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Hozirgacha ushbu voqea yuzasidan Andijon viloyati va Baliqchi tuman hokimliklari rasmiy axborot bergani yo‘q.

Kiritildi: 19:34 21.01.2020. O'qildi: 7729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!