Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Andijonda Equinox Tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi

Andijonda Equinox Tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi

Andijon viloyatida Equinox Tez yordam mashinasi bilan to‘qnashib, Damas’ga urildi. Viloyat YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 12 may kuni soat 15:10 larda Andijon shahar Y.Otabekov, Mustaqillik hamda Boburshoh ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. Mustaqillik ko‘chasidan harakatlanib kelayotgan X.G. boshqaruvida bo‘lgan Equinox’da, Y.Otabekov ko‘chasidan kelayotgan Wolkswagen tez yordam avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda rul boshqaruvini yo‘qotib, qatnov qismining chetida turgan Damas avtomashinasiga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Ushbu YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, avtomashinalar texnik shikastlangan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon shahar YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:11 12.05.2025. O'qildi: 398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!