Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Andijonda 50 marotaba qoida buzgan haydovchi 12 million so‘m jarima to‘ladi

Andijonda 50 marotaba qoida buzgan haydovchi 12 million so‘m jarima to‘ladi

Andijon viloyatida “Lacetti” haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini 50 marotabadan ziyod buzgani uchun 12,2 million so‘m jarima to‘ladi.

Asaka tumanida yashovchi J.Z.ga tegishli bo‘lgan “Lacetti” avtomashinasi haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qayta-qayta buzgan. Eng qizig‘i, u biror marta ham tezlikni oshirmagan. Barcha qoidabuzarliklar — asosan yo‘l chizig‘ini bosish va svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida harakatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan.

Haydovchi bu qoidabuzarliklari uchun umumiy hisobda 12 million 200 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimaga tortilgan. Majburiy ijro harakatlari davomida u belgilangan jarimalarni to‘liq to‘ladi.

Har bir haydovchi yodida tutishi lozim: avtomobil boshqarayotgan shaxs nafaqat o‘zining, balki boshqalarning hayoti uchun ham mas’ul. Yo‘l qoidalariga rioya etish esa nafaqat jarimalardan, balki og‘ir oqibatlardan asraydi.

Kiritildi: 15:50 04.07.2025. O'qildi: 778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!