Prezidentning joriy yil 18 noyabrdagi PQ-396-son qarori bilan Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi.
Avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, to‘qimachilik, muhandislik, qurilish va boshqa sanoat sohalari bo‘yicha, shuningdek, hududning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlash Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab:
Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakultetida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Institutda davom ettiradi.
Bitiruvchi kurs talabalariga 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Institut diplomi beriladi.