Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, bugun 21-dekab kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 08:11da 3,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila markazi Andijon viloyati Marhamat tumanida 10 km chuqurlikda joylashgan.
Zilzila koordinatalari: 40,53 gradus shimoliy kenglik; 72,37 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,3.
Zilzila episentri Toshkentdan 277 km janubiy-sharqda joylashgan.