Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy asta-sekin o‘z pozisiyasini o‘zgartirmoqda

Zelenskiy asta-sekin o‘z pozisiyasini o‘zgartirmoqda

Donald Trampning AQShda hokimiyat tepasiga kelishi va frontda Ukraina Qurolli kuchlari uchun qiyin vaziyat Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan bo‘lajak muzokaralarda o‘z pozisiyasini yumshatishga undamoqda.

The Washington Post gazetasining yozishicha, Zelenskiy so‘nggi haftalarda urushni tugatish maqsadida muzokaralarga ko‘proq tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida signal bermoqda - "uzoq vaqt davomida o‘z mamlakatining har bir qarichi uchun kurashishga qasam ichgan Ukraina rahbari uchun jiddiy siljish."

"Ukraina va G‘arb rasmiylari qayd etgan Zelenskiy ritorikasining o‘zgarishi, ehtimol, front chizig‘idagi vaziyatning yomonlashishi va yangi AQSh ma’muriyatining hokimiyat tepasiga kelishi bilan izohlanishi mumkin, bu esa Kiyevga xavfsizlik sohasida kelgusidagi yordamni shubha ostiga qo‘yadi," - deyiladi maqolada.

Avvalroq Zelenskiy muzokaralar Moskva barcha qo‘shinlarini Ukraina hududidan olib chiqqanidan keyingina boshlanishi mumkinligini aytgan edi. Biroq Tramp va Yevropa yetakchilari bilan so‘nggi uchrashuvlarda Ukraina prezidenti ko‘proq Ukraina uchun "mustahkam tinchlik"ga erishishga e’tibor qaratdi. Endi asosiy ustuvor vazifa NATO harbiy alyansiga taklifnoma olish va kelajakdagi Rossiya hujumlarining oldini olish uchun G‘arb tinchlikparvarlarining mavjudligi kabi boshqa xavfsizlik kafolatlarini olishdir.

Kiritildi: 23:30 23.12.2024. O'qildi: 2263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!