Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Andijonda 1 ta korxona "svet"dan noqonuniy foydalangani aniqlandi

A A A
Andijonda 1 ta korxona "svet"dan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Andijonda 1 ta korxona 173 mln 905 ming so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Andijon viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Xo‘jaobod tumanidagi «M. G.» MCHJ elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Xususan, mazkur MCHJga qarashli tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasining elektr qurilmalari elektr hisoblagichdan tashqari holatda noqonuniy ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 173 mln 905 ming 650 so‘m (386 ming 457 kVt⋅soat) miqdorda zarar keltirganligi ma’lum bo‘ldi.

✅ Ma’lumot uchun: ushbu miqdordagi elektr energiyasi 1 ming 932 ta xonadonning bir oylik iste’moliga tengdir.

Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Kiritildi: 19:03 25.09.2023. O'qildi: 1214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!