Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Andijonda 1,7 mlrd kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holati fosh etildi

Andijonda 1,7 mlrd kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B-o.” MCHJ ta’sischisi N.M. fuqaro F.SH.ga tegishli noturar binoni garovga qo‘yish orqali tijorat banki filialidan “Mehmonxona” faoliyati uchun 1,7 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu noturar binoda go‘yoki qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilganligi to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirib, kredit mablag‘larini boshqa maqsadlarga sarflab yuborganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.n.” MCHJ mas’ul shaxslari maxsus texnika va qurilish materiallarini sotib olish uchun tijorat banki To‘rtko‘l filialidan ajratilgan kredit mablag‘i evaziga go‘yoki 2 dona “Vovsat” rusumli ekskavator xarid qilganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, fuqaro S.A.ning plastik kartasiga 1,5 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘tkazib olib naqdlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:05 25.04.2024. O'qildi: 723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!